Bachelor Dastur

Iqtisodiyot

Masofaviy

Iqtisodiyot yo‘nalishi bakalavriat dasturi zamonaviy global bozor talablariga mos ravishda, ilg‘or xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqilgan. Dastur talabalarga iqtisodiy nazariya, mikro va makroiqtisodiyot, moliya, menejment hamda biznes jarayonlarini chuqur o‘rganish imkonini beradi.

Toshkent xalqaro universiteti (TIU)da bakalavriatning birinchi yili fundamental tayyorgarlik bosqichi sifatida tashkil etilgan bo‘lib, unda talabalar tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha zarur asosiy bilim va ko‘nikmalarni shakllantiradilar. Ushbu bosqich talabalarga keyingi kurslardan boshlab o‘z mutaxassisligini ongli ravishda tanlash va akademik yo‘lini aniq belgilash imkonini beradi.

Dastur tanqidiy fikrlash, tahliliy yondashuv, muammolarni hal qilish va strategik qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, talabalarning zamonaviy iqtisodiy muhitda samarali faoliyat yuritishiga xizmat qiladi.

Karyera imkoniyatlari

TIU talabalarga ikki mutaxassislik (double major) asosida tahsil olish imkoniyatini taqdim etadi, bu esa bitiruvchilarning bilim va ko‘nikmalar doirasini sezilarli darajada kengaytiradi.

Bitiruvchilar quyidagi sohalarda faoliyat yuritishlari mumkin:

  • iqtisodchi, moliyaviy tahlilchi yoki biznes analitik;
  • bank va moliya institutlarida mutaxassis;
  • xalqaro kompaniyalar va korporatsiyalarda menejer;
  • davlat va xususiy sektor tashkilotlarida iqtisodiy rejalashtirish mutaxassisi;
  • konsalting va audit kompaniyalarida ekspert;
  • tadqiqot markazlari va ilmiy institutlarda iqtisodiy tahlilchi.

Ikki mutaxassislik asosida ta’lim olish imkoniyati bitiruvchilarga keng qamrovli bilimlar bazasini egallash, global mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lish va turli sohalarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish imkonini beradi.

Ariza topshirishga tayyormisiz?

Bugunoq arizangizni topshiring yoki bu dastur haqida ko'proq bilish uchun qabul jamoamiz bilan bog'laning.

Hozir ariza topshiring