
Toshkent International University tomonidan talabalarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda yoshlarning jismoniy faolligini oshirish maqsadida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” doirasida stol tennisi bo‘yicha musobaqa tashkil etilmoqda.
Musobaqada ishtirok etishni istagan talabalar Telegram orqali @tiu_yoshlar manziliga murojaat qilishlari mumkin.
Musobaqa g‘oliblari universitet tomonidan diplom bilan taqdirlanadi hamda hududiy saralash bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
❗️Eslatma: Musobaqada ishtirok etuvchilar sport formasida bo’lishlari shart!