
“Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” doirasida Tashkent International Universityda yengil atletika musobaqalari o‘tkaziladi.
Mazkur musobaqalar talabalar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoaviy ruhni mustahkamlashga qaratilgan.
Musobaqalar yigitlar va qizlar o‘rtasida alohida tashkil etiladi va quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
Ayollar uchun:
100 m, 400 m, 4×100 m estafeta
Erkaklar uchun:
100 m, 400 m, 4×100 m estafeta
Aralash estafeta:
4×100 m
Ishtirok etishni istagan talabalar @tiu_yoshlar telegram manzili orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.