
“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasida Tashkent International Universityda voleybol musobaqalari yuqori saviyada tashkil etilib, qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tkazildi.
Musobaqa davomida jamoalar o‘zaro munosib raqobat ko‘rsatib, har bir ochko uchun keskin kurash olib bordilar. O‘yinlar davomida aniq uzatmalar, kuchli zarbalar va jamoaviy hamjihatlik alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi.
Yakuniy natijalar:
🥇 “XIM-2025” jamoasi
🥈 “Beki” jamoasi
🥉 “Destro” jamoasi
Mazkur musobaqa talabalar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni yana-da oshirdi. Oldinda yana ko‘plab qiziqarli bahslar kutilmoqda va barcha talabalar keyingi musobaqalarda faol ishtirok etishga taklif etiladi.