Tadbirlar

TIUda akademik yozuv bo‘yicha seminar–workshop o‘tkaziladi

Tashkent International University sizni Biznes va innovatsion ta’lim fakulteti hamda Xorijiy tillar kafedrasi tomonidan tashkil etilayotgan ilmiy-amaliy seminar–workshopda ishtirok etishga taklif etadi.

Workshop mehmonlari — Westminster International University in Tashkent mutaxassislari:
— Begmatova Kholida
— Saydazimova Iroda

Mavzu:
“Enhancing learners’ academic writing skills: A comparative analysis of traditional and AI-assisted instruction approaches”

Seminar davomida ishtirokchilar akademik yozuv ko‘nikmalarini rivojlantirishning zamonaviy metodlari, an’anaviy va sun’iy intellekt asosidagi yondashuvlarning o‘ziga xos jihatlari hamda ularning samaradorligi bilan tanishadilar. Shuningdek, real tajribalar va amaliy misollar asosida muhokamalar olib boriladi.

Kimlar uchun:
— fan o‘qituvchilari
— pedagogika yo‘nalishidagi talabalar
— akademik yozuvni rivojlantirmoqchi bo‘lgan barcha ishtirokchilar

Mazkur workshop bilim va ko‘nikmalaringizni yangi bosqichga olib chiqish uchun ajoyib imkoniyatdir.