
Tashkent International University 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari davom etayotganini e’lon qiladi. Abituriyentlar uchun keng imkoniyatlar, jumladan grant asosida ta’lim olish imkoniyati ham taqdim etiladi.
Universitet zamonaviy ta’lim talablariga mos ravishda turli o‘qish shakllarini taklif etadi: kunduzgi, masofaviy, ikkinchi oliy ta’lim (kunduzgi va masofaviy), magistratura (kunduzgi va masofaviy), shuningdek boshqa oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish imkoniyati mavjud.
Bakalavriat yo‘nalishlari:
Iqtisodiyot, Menejment, Marketing, Bank ishi, Moliya va moliyaviy texnologiyalar, Buxgalteriya hisobi, Yurisprudensiya, Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, Maktabgacha ta’lim, Boshlang‘ich ta’lim, Psixologiya, Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili), Koreys tili filologiyasi, Kiberxavfsizlik injiniringi, Kompyuter injiniringi, Dasturiy injiniring.
Magistratura yo‘nalishlari:
- Iqtisodiyot (kunduzgi, masofaviy)
- Moliya (kunduzgi, masofaviy)
Hujjat topshirish qabul.tiu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun axborot-maslahat markaziga murojaat qilishingiz mumkin.
Tel: +998 95 131 55 55
Telegram: @tiuqabul