Yangiliklar

TIU talabalari Cheju Halla universitetida Fahriy rektor bilan uchrashdi

TIU talabalari Cheju Halla universitetida Fahriy rektor bilan uchrashdi.

Tashkent International University talabalari Janubiy Koreyaning Cheju Halla University universitetida amalga oshirilayotgan talabalar almashinuvi dasturi doirasida universitetimizning Fahriy rektori hamda ushbu universitet vitse-prezidenti Dr. Jun Yong Wook bilan uchrashdilar.

Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Dr. Jun Yong Wook talabalarimizning ta’lim jarayoni, kundalik hayoti hamda yangi muhitga moslashuv jarayoni bilan yaqindan tanishib, ularning yutuqlari va tajribalariga alohida e’tibor qaratdi. Talabalar esa o‘z navbatida Koreyada o‘qish jarayoni, xalqaro muhitdagi tajribalari hamda erishayotgan natijalari haqida fikr almashdilar.

Mazkur uchrashuv nafaqat rasmiy muloqot, balki ilhom va tajriba almashish maydoniga aylandi. U xalqaro akademik hamkorlikning ahamiyatini yana bir bor namoyon etib, talabalar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.

Shuningdek, ushbu uchrashuv ikki universitet o‘rtasidagi mustahkam hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat qilib, talabalarning xalqaro maydondagi rivojlanishiga kuchli turtki berdi.