Yangiliklar

TIU talabalari “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”da yengil atletikada sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi

TIU talabalari “Talabalar olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan yengil atletika musobaqalarida yuqori natijalarga erishdi.

 

 

 

 

Tashkent International University talabalari “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan yengil atletika musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdilar. Mazkur sport tadbiri faol va iqtidorli talabalarni birlashtirib, sog‘lom raqobat muhitini yaratdi.

Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlarining tezligi, chaqqonligi va chidamliligini namoyon etib, har bir yo‘nalishda g‘alaba uchun qat’iyat bilan kurash olib bordilar. Har bir yugurish bahsi keskin va qiziqarli tarzda o‘tdi.

Yigitlar natijalari:

  • 100 metr: 🥇 Soliyev Davronbek Abdurashid o‘g‘li (XIM-3-25 guruh)
  • 200 metr: 🥇 Sadinov Xushnudbek Akmal o‘g‘li (HQ-4-25 guruh)
  • 400 metr: 🥇 Panjiyev Ozodbek Vohidovich (HQ-22-25 guruh)

Qizlar natijalari:

  • 100 metr: 🥇 Mirazimova Zarina Sirojiddin qizi (HQ-16-25 guruh)

Ushbu natijalar talabalarimizning nafaqat jismoniy tayyorgarligi, balki intizomi, matonati va maqsad sari intilishining yorqin ifodasidir. Universitet sport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali talabalar rivojiga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.

Olimpiada doirasida yana bir qator sport musobaqalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, barcha talabalarni faol ishtirok etishga chorlaymiz.